Shanba, 18.11.2017, 21.35

Приветствую Вас Mexmon | RSS

Главная » 2012 » Yanvar » 18 » ALISHER USMONOV XISSASINI YANA OSHIRDI
00.23
ALISHER USMONOV XISSASINI YANA OSHIRDI
Usmonov "Arsenal" klubidagi
hissasini yana oshirdi. Asli
o‘zbekistonlik milliarder Alisher
Usmonov Londonning "Arsenal"
futbol klubidagi hissalari
miqdorini yana ko‘paytirgan. Endi u 29% hissaga ega. Aprel
oyida rossiyalik tadbirkor
Usmonov "Arsenal"ning yana bir
hissadori, amerikalik Sten
Kronkening 100% aktsiyalarni
sotib olish harakatlariga qaramay, o‘z hissasini sotish
niyati yo‘qligini bildirgandi.
"Red & White bugunda
"Arsenal" klubining 29%
aktsiyasiga ega ekanini e‘lon
qiladi", deyiladi Usmonov boshqaruvchi Red & White
Holdings sarmoya shirkatining
rasmiy bayonotida. 56 yoshli
Usmonov - Toshkentlik sobiq
prokurorning o‘g‘li,
Rossiyadagi MGIMO oliygohi bitiruvchisi, va bugunda taniqli
tadbirkor, metallurgiya va
matbuot shirkatlari hissalari
egasi, filantrop va san‘at
asarlari kollektsioneri. Forbes
jurnali uning boyligini 1,6 milliard dollarga teng deya
baholagan. U 2007 yilda
"Arsenal" raisining muovini
Devid Dinning 14 foizlik
hissalarini 75 million funtga
sotib olib, klub hissadoriga aylangandi. 2009 yil dekabrida
esa u o‘z hissalari miqdorini
26%ga oshirgan. Amerikalik
raqib Hozirda janob Kronke
"Arsenal"ning eng yirik
aktsiyalar paketiga egalik qiladi. Bu paket 62,89% hissani
tashkil qiladi. U aprel oyida
Denni Fishmandan 16,1% va
Ledi Nina Breysuell- Smitdan
15,9% hissalarni 234 million
funtga sotib olgandi. 29 foizlik chiziqdan o‘tgach, Kronke
qolgan barcha aktsiyalarni
bozor narxida sotib olish
huquqiga ega bo‘ldi. "Arsenal"
klubining umumiy qiymati - 731
million funt (tahminan 1,2 milliard dollar). Ammo,
Kronkening klubni sotib olishi
yo‘lidagi kelishuvlarni
nihoyasiga yetkazishi uchun
zarur bo‘lgan aktsiyalarning
aksariyati Usmonovning qo‘lida. Usmonov janoblari, Kronkedan
farqli o‘laroq, klub direktorlari
kengashi tarkibiga kirmasa-da,
o‘z hissalaridan ajralishni
istamayapti.
Прикрепления: rasm 1
Категория: Sport habarlari | Просмотров: 781 | Добавил: TARNADO92 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]