Shanba, 18.11.2017, 21.39

Приветствую Вас Mexmon | RSS

Главная » 2012 » Yanvar » 28 » Ota
01.46
Ota
Uyat yo ayb emas egilsa kishi, Ota farzand uchun qulluq qilar
goh.
Peshonang tuproqqa tekkani
yaxshi
Onani zaminga qo‘yayotgan
chog‘. Sabab bag‘oyat ko‘p bosh
egmoq uchun,
Hech gapmas o‘tmog‘i umring
bukilib.
Taajjub qilishmas,
Bir kunmas-bir kun Umurtqa pog‘onang tushsa
to‘kilib.
O’zing-chi?
Bo‘lsang gar sifat noziri,
Umringga bosarding ne degan
tamg‘a? Esla o‘tmishingni,
O’yla hozirni:
Nimaga bosh egding?
Qanday odamga?
Bitta qullug‘ingga arzirmidi u?
Bitta armoningga bo‘ldimi sherik?
Inson yolg‘iz ekan, ichadi og‘u,
Inson hamdardlarning tafti-la
tirik.
Sen, axir, ichingga yutsang-da
yoshing, Baribir,
dardingdan etgali ogoh,
Qop-qora soch ila egilgan
boshing –
Qayta tiklanguncha bo‘ladi
oppoq.
Категория: Sheriyat olami | Просмотров: 931 | Добавил: TARNADO92 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]