Seshanba, 26.09.2017, 02.28

Приветствую Вас Mexmon | RSS

Главная » 2012 » Yanvar » 15 » Ozodbek Nazarbekov tarjimai xoli.
04.24
Ozodbek Nazarbekov tarjimai xoli.

Ozodbek Nazarbekov
Axmadovich 1974 yil 7 mayda
Andijon viloyati, Shahrixon
tumanida tug`ilgan.
1994 yildan qo`shiqchilik
san`ati bo`yicha o`z ijodiy
faoliyatini boshlagan.
2002 yildan buyon
“O`zbeknavo” estrada
birlashmasida yakkaxon
xonanda sifatida faoliyat
yuritadi.
Ozodbek Nazarbekov 1994
yildan Respublika miqyosidagi
davlat tadbirlarida: O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi,
Navro`z umumxalq bayrami va
Mustaqillik bayramlarida faol
ishtirok etib kelmoqda.
Respublikamizning barcha
viloyatlarida o`zining yakkaxon
konsert dasturlarini namoyish
etgan.
2003 yil 22 iyunda
Turkiston saroyida “Oydin
kechalar” deb nomlangan
yakkaxon konsertini, 2005 yil
15-16 aprelda esa, Xalqlar
do`stligi saroyida “Yuragimdan
kuylaganim sen” deb
nomlangan konsertini, 2006 yil
12-13-14-15-16-17 aprel kunlari
“Sening darding...”, 2007 yil
7-14 aprelda “Diydor shirin”,
2008 yil aprelda “Jondan aziz”,
1-2-3-4 avgustda “Yaprog’imiz
azim chinorning”, 2009 yil 4-24
aprelda “Mushtarak manzil”,
2010 yil 5-23 aprel kunlari
“Qadamlar hikmati” deb
nomlangan konsert dasturlarini
o`z muxlislariga taqdim etdi.
Honandaning shu kungacha
11 ta audio, 8 ta video kasseta
va disk to`plamlari yozilib,
sotuvga chiqarilgan. Ozodbek
Nazarbekov 2003-2007 yillarda
Mannon Uyg’ur nomidagi san`at
oliygohining talabasi bo’ldi.
Hozirgi kunda mazkur
oliygohning magistratura
bosqichida tahsil olmoqda.
2007 yil Oliy mukofotlardan
biri "O`zbekistonda xizmat
ko`rsatgan artist" unvoni bilan
taqdirlandi. 2010 yilda elu
yurtning yuksak mukofoti
“O’zbekiston Xalq artisti”
unvoniga sazovor bo’ldi. 2010
yil мusiqa va tele video аsarlari
nominasiyasi “M&TVA 2010”
taqdimotining “Yilning eng
yaxshi erkak xonandasi”
mukofotini qo’lga kiritdi.
2010 yil men uchun juda
ham omadli keldi. Hayotimda
o’zim kutmagan voqealar sodir
bo’ldi. Olgan mukofotlarimda
hammangizning hissangiz bor.
2011 yil sizlarga ham
kutilmagan omadlarni olib
kelsin. Hamisha baxtimga omon
bo’linglar, aziz muxlislarim!
Категория: Yulduzlar biografiyasi | Просмотров: 671 | Добавил: ALEKSANDR_UZ | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 5
5 TARNADO92   (28.01.2012 06.26)
hands

4 TARNADO92   (28.01.2012 06.26)
hands

3 TARNADO92   (19.01.2012 01.03)
Raxmat

2 ॐ_LéLû_ॐ   (16.01.2012 02.53)
raxmat ma'lumot uchun

1 ॐ_LéLû_ॐ   (16.01.2012 02.53)
axa omad!

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]